Para Pauerlifting inglizcha soʻz boʻlib — power “kuch, quvvat” + lifting esa “koʻtarish” degan maʼnoni anglatadi. Ushbu sport turining mohiyati katta ogʻirlikni boʻysundirishdan iborat.
Pauerlifting sport turining bodibilding sport turidan farqi shundaki, bunda qomatni koʻrsatish emas, balki, kuchni koʻrsatish kerak. Ammo, koʻplab mashhur bodibildingchilar oʻz sport faoliyatlarini pauerlifting bilan shugʻullanishdan boshlashgan.
Para Pauerlifting boʻyicha musobaqalar Xalqaro pauerlifting federatsiyasi (IPF) tomonidan nazorat qilinadi.
Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 2021-yil 27-noyabr – 9-dekabr kunlari Manama shahri (Bahrayn)da boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi IV Paraosiyo oʻyinlarida munosib ishtirok etdi.
Paraosiyo oʻyinlarida Para pauerlifting boʻyicha erkaklar oʻrtasida -65 kg vazn toifasida Sherali Ahmedov 138 kg, 59 kg vazn toifasida Odiljon Yakubov 115 kg, ayollar oʻrtasida esa gʻoliblik shohsupasiga 55 kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Ozoda Olimova 55 kg hamda 45 kg vazn toifasida Dildora Nurilloyeva 35 kg toshlarni boʻysundirdi va oltin medallarni qoʻlga kiritdi.
Hilola Saliyeva,
Sportning qishki va murakkab texnik
turlari boʻyicha Respublika oliy
sport mahorati maktabi yoʻriqchi-uslubchisi