Parij Olimpiadasida koronavirusga chalinish holatlari ko'paymoqda

    Parij Olimpiadasida uchinchi sportchida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

    Sportschau gazetasining xabar berishicha, germaniyalik engil atletikachi Manuel Eytelning koronavirusga tahlili musbat chiqqandan keyin o'yinlarni tark etdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, uning o'rnini Till Steynfort egallaydi.

    Eytel 27 yoshda va yengil atletika bo'yicha Yevropa chempionatida (2024) umumiy hisobda yettinchi o'rinni egalladi. Parij Olimpiadasida engil atletika musobaqalari 1 – 11-avgust kunlari bo'lib o'tadi.

    Avvalroq suzuvchilar – buyuk britaniyalik Adam Piti va avstraliyalik Lani Pallister koronavirusga chalingandi. Olimpiada boshlanishidan oldin yana besh nafar avstraliyalik suv polochisida ham koronavirus aniqlangan edi, deb xabar beradi report.az.