Parijdagi jahon chempionatida Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi

    Sport 10 Iyul 2023 1243

    U bu natijasi orqali kelgusi yil Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

    Kecha, 9-iyul kuni Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlandi.

    Quvonarlisi, ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova 5 metr 13 sm natija bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    E’tiborlisi, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblangan Asila Mirzayorova jahon chempionatidagi ushbu natijasi orqali kelgusi yil Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

    Bu para yengil atletikachilarimiz orasida Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari uchun ilk litsenziya hisoblanadi.