Parkent tuman prokurori Sharifjon Akbarov tashabbusi xayrli ishga qoʻl urildi.
Yil davomida uy-joy qurib berilgan, qayta taʼmirlangan, moddiy koʻmak koʻrsatib kelingan 20 ta kam taʼminlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga sektor rahbarlari, tuman deputatlari va homiylar birgalikda kirib bordi.
Sharifjon Akbarov boshchiligidagi masʼullar 2-sektoridagi “Boyqozon”, “Yashnabod”, “Istiqbol” hamda soliq boshligʻi sektoridagi “Guliston” mahallalaridagi oilalarning aʼzolari bilan samimiy suhbatlashdi.
Prokuror ularning muammolarini soʻrab, yangi yil bilan tabrikladi. Bayram sovgʻalarini ham topshirdi.
Ushbu oilalarning ayni kundagi moddiy ahvolidan kelib chiqib, ularning ayrimlariga zamonaviy muzlatgich, noutbuk kabi qimmatbaho sovgʻalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari