Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi bilan oʻtgan uchrashuvda 150-assambleyaga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama etildi

    Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq (PI) Bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Muzokaralar davomida Oʻzbekiston parlamentining PI bilan hamkorlik aloqalari, kelgusidagi rejalari koʻrib chiqildi.

    Jumladan, 2025-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama etildi.

    Muloqot davomida M.Chungong Oʻzbekiston qisqa vaqt ichida ulkan taraqqiyot natijalariga erishishganini, Toshkentda PIning 150-yubiley assambleyasining oʻtkazilishi samarali parlamentlararo hamkorlikning mantiqiy davomi boʻlishini taʼkidladi.

    Suhbat davomida 150-assambleya tarixiy ahamiyatga ega boʻlishi, Oʻzbekiston parlamenti tajribasining namunaviy jihatlarini boshqa davlatlarga namoyon etishi aytib oʻtildi.

    Shu bilan birga, Barqaror rivojlanish maqsadlarida nazarda tutilgan gender tenglik, ijtimoiy himoya, inson huquqlarini taʼminlash borasida parlamentning tutgan oʻrnini yanada kuchaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻldi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.