Parlament Ittifoq (PI) bosh kotibi Oʻzbekistonda Prezident saylovi muvaffaqiyatli oʻtgani bilan tabrikladi.
Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yoʻlida soʻzsiz yetakchiligi alohida qayd etildi. Shu maʼnoda 2021-yil 17-18-iyun kunlari oʻtkazilgan parlament aʼzolarining BRMga erishishdagi roliga bagʻishlangan Buxoro forumining yakunlari ijobiy baholandi.
Oliy Majlisning davlat organlari bilan birgalikdagi faoliyati, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash borasidagi yuksak natijalar alohida taʼkidlab oʻtildi.
Tomonlar 2022-yil sentyabr oyida Oʻzbekistonda Parlament ayol- spikerlari forumini yuksak mazmunli va tashkiliy saviyada oʻtkazishga kelishib oldilar.
Parlamentlararo Ittifoq doirasida yangi loyihalarni boshlash masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va (PI) oʻrtasidagi hamkorlikka oid boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.