Paxta yetishtirish va qayta ishlashda qoʻshimcha bozor mexanizmlari joriy qilinadi

    Imtiyozli kredit olmay, oʻzi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasini 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

    Paxta yetishtirish va qayta ishlashda qoʻshimcha bozor mexanizmlari joriy qilinishi belgilandi.

    Joriy yildan boshlab klasterlar paxtaga talabi va narx taklifini birjaga qoʻyadi, fermerlar esa oʻziga maʼqulini tanlab, fyuchers shartnomasini tuzadi.

    Imtiyozli kredit olmay, oʻzi paxta yetishtirgan fermerlarga birjada sotgan paxtasini 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

    Imtiyozli kreditni yil yakunigacha toʻliq qaytargan fermerlarga kreditning 4 foizi qaytarib beriladi. Ularga kredit foizi amalda 10 foizdan 6 foizga tushadi.