баннер
2 Mar 2025
04:15

    Paxta xomashyosini oʻz mablagʻlari hisobidan yetishtirganlarga belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi

    Prezidentning “Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, 2025-yil paxta hosilidan:

    • fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-iyunigacha xoʻjaliklar va qayta ishlovchilar oʻrtasida birjada erkin shakllanadigan, biroq eʼlon qilingan boshlangʻich narxdan past boʻlmagan narxda tuziladi;
    • forvard shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-martigacha xoʻjaliklar va qayta ishlovchilar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan narxlarda tuziladi;
    • spot shartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomashyosi hajmiga xoʻjaliklar va qayta ishlovchilar oʻrtasida oʻzaro kelishilgan narxda tuziladi;
    • saqlash omborlari yoki ijara shartnomalari mavjud boʻlmagan xoʻjaliklar oʻzi yetishtiradigan paxta xomashyosi boʻyicha har hosil yilining 1-martigacha forvard yoki 1-iyunigacha fyuchers shartnomalari rasmiylashtiradi;

    Shuningdek, 2025-yil hosilidan paxta xomashyosini oʻz mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xoʻjaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

    Bundan tashqari, paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech