Majburiy ijro byurosi Kattaqoʼrgʼon shahar boʼlimi ish yurituvida Kattaqoʼrgʼon tumanlararo iqtisodiy sudining va viloyat Davlat soliq boshqarmasining qarorlariga asosan qarzdor “Kattaqoʼrgʼon paxta zavodi” aktsionerlik jamiyatidan davlat foydasiga soliq qarzlari, davlat boji va yuridik shaxslar foydasiga boshqa turdagi qarzdorliklarni undirish toʼgʼrisidagi ijro hujjatlari mavjud.
Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan harakatlar davomida qarzdor “Kattaqoʼrgʼon paxta zavodi” aktsionerlik jamiyatidan 1 milliard 342 million 639 ming soʼm qarzdorlik undirilib berildi. Shundan Davlat soliq inspektsiyasi foydasiga ijro hujjatlari boʼyicha jami 300 million 166 ming soʼm soliq qarzlari Kattaqoʼrgʼon shahar DSI va Kattaqoʼrgʼon tuman DSI hisob-raqamlariga koʼchirilishi amalda toʼliq taʼminlandi.
Shuningdek, Kattaqoʼrgʼon tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Kattaqoʼrgʼon paxta zavodi” aktsionerlik jamiyatidan undiruvchi davlat foydasiga davlat boji undirish toʼgʼrisidagi 99 ta ijro hujjati yuzasidan 37 million 319 ming soʼm undirilib berildi.
Bundan tashqari, Kattaqoʼrgʼon tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatlariga asosan qarzdordan undiruvchi “Kattaqoʼrgʼon Аzimbek” MChJ foydasiga 384 million soʼm, “Mansurbek trans servis” MChJ foydasiga 250 million soʼm, “Yanoq” fermer xoʼjaligi foydasiga 250 million soʼm jami 884 million soʼm undirildi.
Boʼlim ish yurituvida boʼlgan ijro hujjatlari boʼyicha qarzdordan jami 26 million 852 ming soʼm ijro yigʼimi hamda 26 million 760 ming soʼm qarzdor tashkilot rahbari va bosh hisobchilaridan davlat ijrochisi tomonidan qoʼllanilgan maʼmuriy jarimalar undirilishi taʼminlandi.
Majburiy ijro byurosi Kattaqoʼrgʼon shahar boʼlimi