Joriy yilning 16-yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy veb-saytida “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi boʻyicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon berilgan edi.
“Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi boʻyicha ommaviy savdo jarayonlari vaqtinchalik toʻxtatildi.
Qayd etilishicha, bunga jamoatchilik tomonidan bildirilgan tanqidiy fikrlar sabab boʻlgan.