Pekin-2022: dastlabki oltin medallar AQSH va fransiyalik sportchilarda

    Xitoy poytaxti Pekin shahri mezbonlik qilayotgan XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari ayni qizgʻin pallada.

    Bugun 4 ta dastur – bobsley, figurali uchish, fristayl va tramplindan sakrash dasturlarida medallar oʻynaladi.

    Dastlabki bobsley boʻyicha ayollar oʻrtasidagi bahsda Oq Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari nomi maʼlum boʻldi. Unda amerikalik bobsleychi Keylli Xamfris Olimpiada chempioniga aylandi. Yana bir AQSH vakilasi Elana Meyers Teylor kumush, kanadalik Kristin de Bryuyn esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

    Biroz avval esa nafis sport turlaridan biri hisoblangan figurali uchishning muzda raqs yoʻnalishida fransiyalik juftlik - Gabriela Papadakis va Giyom Sizeron eng yaxshi ball bilan Olimpiada chempioni boʻlishdi.

    Viktoriya Sinitsina va Nikita Katsalapovdan iborat rossiyalik juftlik kumush medalga ega chiqdi. Amerikaliklar Medison Xabbell va Zakari Donoxyu esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

    Manba