“Pekin-2022” delegatsiyalari rahbarlarining seminari onlayn tarzda oʻtkaziladi

    Sport 20 Yanvar 2021 841

    Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi 2022-yilda Pekinda boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi delegatsiyalar rahbarlarining seminari 1-2-fevralda onlayn tarzda oʻtkazilishini tasdiqladi.

    Ushbu qaror koronavirus pandemiyasi sababli jahon boʻylab safarlarga chegaralashlar kuchaytirilganligi munosabati bilan qabul qilindi.

    Qoida boʻyicha, delegatsiyalar rahbarlarining seminarlariga Olimpiada obyektlarini tekshirish ham kirardi. Tadbirning onlayn tarzda oʻtkazilishi terma jamoalar delegatsiyalarining rahbarlari Pekin, Yansin va Chjanszyakouda oʻtkaziladigan musobaqalar obyektlarini koʻzdan kechira olmasliklarini anglatadi.

    Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari delegatsiyalar rahbarlarining soʻnggi seminari ham 2020-yilning avgustida sogʻliqni saqlash sohasidagi global inqiroz sababli onlayn tarzda oʻtkazilgan edi.

    Eslatib oʻtamiz, Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari kelasi yilning 4-22-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.