Ayollar oʻrtasidagi togʻ changʻisining supergigant yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻldi. Shveysariyalik Lara Gut-Bexrami eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioniga aylandi.

Gut-Bexrami belgilangan masofani bosib oʻtish uchun 1 daqiqayu 13,51 soniya vaqt sarfladi. Avstriyalik Miryam Puxner (gʻolibaga +0,22 soniya yutqazdi) kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, yana bir Shveysariya terma jamoasi aʼzosi Mishel Gizen (+0,30) bronza medaliga ega chiqdi.

Biroz avval esa changʻi poygalarining navbatdagi medallar jamlanmasi oʻynaldi. 15 kilometrlik masofani birinchi boʻlib Finlyandiya vakili Iivo Niskanen kesib oʻtdi va terma jamoasi uchun ilk oltin medalni taqdim etdi. Undan keyingi oʻrinlarni rossiyalik Aleksandr Bolshunov va Norvegiya vakili Yoxannes Klebo qoʻlga kiritdi.

Manba