Kecha Rossiya Olimpiya qoʻmitasi, Germaniya, Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zalendiya kabi terma jamoalar ilk oltin medallarini qoʻlga kiritdi. Medallar jamgʻarish boʻyicha hamon Norvegiya terma jamoasi peshqadamlik qilyapti.

Medallar jamgʻarish (oltin – kumush – bronza – jami)

1. Norvegiya – 2-0-1 (3)

2. Shvetsiya – 2-0-0 (2)

3. Rossiya Olimpiya qoʻmitasi – 1-2-2 (5)

4. Niderlandiya – 1-1-0 (2)

5-7. Avstraliya – 1-0-1 (2)

5-7. Yaponiya – 1-0-1 (2)

5-7. Sloveniya – 1-0-1 (2)

8-9. Xitoy – 1-0-0 (1)

8-9. Yangi Zelandiya - 1-0-0 (1)

10-11. Italiya – 0-2-0 (2)

10-11. AQSH – 0-2-0 (2)

Eslatib oʻtamiz, bugun qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari 9 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boradi. Kecha erkaklar oʻrtasida oʻtkazilishi kerak boʻlgan tezkor tushish bahslarining hal qiluvchi finali kuchli shamol sabab bugunga qoldirilgan.

Shuningdek, ayollar oʻrtasidagi gigant slalom bahslari, biatlon boʻyicha ayollar oʻrtasidagi individual poyga, figurali uchish boʻyicha jamoaviy dastur, short-trek, tramplindan sakrash, snoubord va konkida yugurish dasturlari ham bugun oʻz gʻoliblarini aniqlaydi.