Pekin-2022: Norvegiya terma jamoasini toʻxtatib boʻlmayapti

    Qishki olimpiya oʻyinlarining oʻn birinchi kungi bahslari doirasida navbatdagi medallar oʻz egalarini topdi.

    10 kilometrdan iborat changʻi poygalarida Norvegiya vakili Yorgen Grobak birinchi boʻlib finish chizigʻini kesib oʻtdi va terma jamoasi uchun navbatdagi oltin medalni taqdim etdi. Ikkinchi oʻrin uning jamoadoshi Yens Luros Oftebruga nasib etdi. Kuchli uchlikdan yaponiyalik Akito Vatabega nasib etdi.

    Eslatib oʻtamiz, kechagi oʻyinlar yakuni boʻyicha norvegiyalik sportchilar norasmiy jamoaviy musobaqalarda birinchi oʻrinda bormoqda. Ular hisobida 9 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medal bor edi.

    Manba