Sinfadi bozori shanba kuni vaqtincha yopilgan. Chunki epidemiologik tekshiruv jarayonida losos kesilgan taxtada koronavirus aniqlangan. Fentay hududida esa urush davri rejimi joriy qilindi. Shuning bilan birga sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash darajasi yana II darajaga ko‘tarildi.

Syuy Xetszyan rasmiylar eng qat'iy choralar ko‘rishini, bozorda va uning arofidagi hududlarda sinchkovlik bilan epidemiologik tekshiruv o‘tkazilishini, infektsiya manbasini aniqlash uchun uning atrofidagi odamlar qat'iy nazorat qilinishini ta'kidladi. 11 million aholisi bo'lgan Baodin shahrida esa dushanba kuni harbiy vaziyat e'lon qilindi. Bu shahar Pekinning Xebey provintsiyasiga qo‘shni bo‘lgani bois, hushyorlik va ogohlikni talab qiladi.

Pekin hukumati vakillarining ta'kidlashicha, yakshanba kuni shaharda 76,499 kishi koronavirus uchun tekshirilgan, 59 nafar odamda test javobi ijobiy bo‘lgan.