Xitoy poytaxtidagi shifoxonalarda soʻngi ikki nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorga javob berildi. Pandemiya davri boshlangandan buyon ilk bor Pekin sogʻliqni saqlash muassasalarida bironta ham COVID-19 bilan kasallangan bemorlar qolmadi.
Bunday axborot chorshanba kuni Pekin Gigiyena va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilindi. Virus tarqala boshlangandan beri poytaxtda 935 kishi kasallangani qayd etilgandi. Ulardan 335 nafari iyun oyida “Sinfad” ulgurji bozorida tarqalgan infeksiya tufayli kasallangan, deb xabar beradi TASS.
Hozir Pekinda epidemiologik holatning yengillashtirilgan tartibi harakatda, koʻchalarda niqob taqib yurish shart emas. Lekin ularsiz jamoat transportidan foydalanish, doʻkonlarga, kinoteatrlarga va davlat muassasalariga tashrif buyurish mumkin emas.
Eslatamiz, Pandemiya boshlangandan buyon Xitoy hududida kasallanganlar soni 85 ming nafarga yetgan, 4,6 ming kishi vafot etgan, 80 ming nafar bemor shifo topib ketgan. Hozirgi kunlarda Xitoy shifoxonalarida 347 nafar bemor COVID-19dan davolanyapti. Ulardan yetti nafarining ahvoli ogʻir, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.