Uchrashuvda xorijiy kompaniya rahbari Oʻzbekiston va Xitoy hududlari oʻrtasida taʼlim va innovatsiya yoʻnalishlarida aloqalarni rivojlantirishga hissa qoʻshishga tayyorligini bildirib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi maktablarda xitoy tilini oʻqitish boʻyicha loyiha ishlab chiqishini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar qisqa muddatlarda mamlakatimiz ilmiy muassasalari tadqiqotchilari uchun Xitoyda tajriba almashish va zamonaviy fan-texnika boʻyicha amaliyot oʻtashi uchun maxsus dasturlar shakllantirishga kelishib oldi.
Xitoy taʼlim vazirligi huzuridagi “Beijing Silk Road Culture Development” kompaniyasi “Silk Road” xalqaro taʼlim markazi va “Silk Road” axborot texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini muvofiqlashtiradi.