Dastur doirasida qatnashchilar bir necha guruhlarga boʻlinadi. Har bir guruhda ikki kishi boʻlib, ular Oʻzbekiston boʻylab sayohatga joʻnashadi. Tasvirga olish 3-sentyabr kuni Namangandan boshlanib, 15-sentyabr kuni Qoraqalpogʻistonda yakunlanadi.

2005-yildan boshlab jamoalar mamlakatlar boʻylab, ikki kishi uchun bir kunga ajratilgan atigi 1 Yevro bilan sayohatga otlanishadi. Ajratilgan oʻta kam miqdordagi bu mablagʻ ishtirokchi aktyorlarni mahalliy aholining mehmondorchiligi, ochiqqoʻlligi va yordamiga tayanishga majbur qiladi. Mazkur jarayonlar tomoshabinlarga esda qolarli voqealar, mahalliy aholining mehmondorchiligi, milliy madaniyat va anʼanalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini yaratadi.

Suratga olishda asosiy eʼtibor Oʻzbekistonning betakror goʻzal tabiati, milliy urf-odatlar, madaniy meros obyektlariga qaratiladi, bu esa Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib etishga ham xizmat qiladi.
Tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etish uchun 87 nafar turli davlatlar vakillarining bugun Namanganga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Koʻrsatuvning har bir voqeasini oʻrtacha 3 mln. nafar tomoshabin, yaʼni praym-taym bozorining 14,3 foizi koʻradi. Ushbu teleshou Yevroittifoq va Janubiy Amerika telekanallari orqali namoyish etiladi.

Sanjarbek Hamidov