NBC ma'lumotlariga ko'ra, tabiiy gaz sizib chiqishi hodisaning dastlabki sababidir.

Portlashdan so'ng qariyalar uyida katta yong'in chiqqan.

Bristol o't o'chirish xizmati boshlig'i Kevin Dippolito matbuot anjumanida besh kishi bedarak yo'qolgan deb taxmin qilinganini, biroq “ular oila a'zolari bilan voqea joyini tark etgan bo'lishi mumkinligini” aytdi.

Politsiya 20 kishi yaralanganini va shifoxonalarga yetkazilganini ma'lum qildi. Portlash oqibatida birinchi qavatning bir qismi erto'laga qulab tushdi va qutqaruvchilar odamlarni derazalar va lift shaxtasi orqali evakuatsiya qilishga majbur bo'ldi, deb xabar berdi report.az.