Рensiya hisob- varagʻingizda qancha mablagʻ yigʻilganini bilishingiz mumkin

    Raqamlashtirish 10 Noyabr 2021 2962

    Oʻzbekistonda “Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob- varagʻi holati haqida maʼlumot”ga ega boʻlish, shuningdek tegishli maʼlumotnomani tez va oson yuklab olish imkoniyati mavjud. Buning uchun my.gov.uz manziliga murojaat qilish kerak boʻladi.

    Bu haqda davlat xizmatlarining Yagona portali matbuot xizmati xabar beradi.

    Koʻpchilik hali 2005-yildan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunidan bexabar. Aksariyat kishilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob- varagʻidagi mablagʻ nafaqaga chiqqanida har oy oladigan pensiya pulidan tashqari mablagʻ ekanligidan bexabar. Bu haqida maʼlumotga ega boʻlganlar esa hisob- varagʻiga qancha mablagʻ yigʻilganini bilish uchun bankka tez-tez qatnab turadi. Axir, bu nafaqaga chiqqanda yillar davomida toʻplanib turgan mablagʻni (har oylik pensiyadan tashqari) bir marotaba ulgurji yoki boʻlib-boʻlib olish imkoniyatiku.

    my.gov.uz manzilida nafaqat “Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob- varagʻi holati haqida maʼlumot”ga ega boʻlish, balki tegishli maʼlumotnomani tez va oson yuklab olish imkoniyati ham bor.

    Maʼlumot oʻrnida: duch kelingan muammo va xatoliklar yuzasidan Xalq bankining (71) 210-20-02 yoki 1106 ishonch raqamlariga 24 soat davomida murojaat qilishingiz mumkin.