Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni”ga 2022-yil yanvar-aprel oylari davomida 101 664 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 100 645 ta murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 1 019 ta murojaatlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishni talab qilganligi munosabati bilan ijro uchun qabul qilingan.

2022-yil yanvar-aprel oylari davomida Pensiya jamg‘armasi tizimi “Ishonch telefoni”ga 1 019 ta yozma murojaat kelib tushgan. Shundan pensiya va nafaqa tayinlash masalasida 746 ta yoki 73,3%, pensiya va nafaqa to‘lovi bo‘yicha 233 ta yoki 22,8%, pensiya ta’minotiga tegishli bo‘lmagan boshqa masalalar 40 ta yoki 3,9% murojaatlar kelib tushgan.

Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni” orqali murojaatlar eng ko‘p tushgan hududlar Samarqand viloyati 12 950 ta yoki 12,7%, Toshkent viloyati 11 554 ta yoki 11,4%, Andijon viloyati 11 382 ta yoki 11,2%, Qashqadaryo viloyati 9 953 ta yoki 9,8%, Toshkent shahar 9 654 ta yoki 9,5% ni tashkil etadi.

Murojaatlar kesimida tahlil qilinganda, 16,9 foizi(17 188 ta) pensiya va nafaqa tayinlash masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 61 foiz(2 379 ta)ga oshgan, 2,2 foizi(2 231 ta) pensiya va nafaqa to‘lovi masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 15,0 foiz(71 ta)ga oshgan, 2,7 foizi(2 750 ta) SMS-pensiya xizmati noto‘g‘ri ulangani masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 56 foiz(313 ta)ga oshgan, 0,7 foizi(701 ta) pensiya va nafaqalar yetkazib berilishi kechikishi masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 162 foiz(159 ta) ga oshgan, 3,5 foizi(3 530 ta) suyunchi, dafn va kompensatsiya to‘lovlari masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 13 foiz(110 ta) ga oshgan, 0,1 foizi(48 ta) korrupsiya masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 58 foiz (7 ta) ga kamaygan, 0,3 foizi(275 ta) bir martalik moddiy yordam to‘lovi masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 77 foiz (10 ta) ga kamaygan, 72,6 foizi(73 760 ta) bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasida, aprel oyida mart oyiga nisbatan 7 foiz(1 959 ta) ga kamaygan, 1,2 foizi(1 181 ta) pensiya ta’minotiga tegishli bo‘lmagan boshqa masalalarda, aprel oyida mart oyiga nisbatan 5 foiz(14 ta) ga oshgan

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlardagi masalalar o‘rganilib, kelgusida ularning sonini kamaytirish, takroriy murojaatlarni oldini olish maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2022-yil yanvar-aprel oylari davomida 9 849 marotaba sayyor qabul uchrashuvlari o‘tkazildi.

Jumladan, ijro etuvchi apparat tomonidan 19 marotaba, hududiy boshqarmalar tomonidan 499 marotaba, tuman(shahar) bo‘linmalari tomonidan 9 331 marotabani tashkil etadi.

Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarga pensiya va nafaqalar uchun murojaat qilish tartibi, tayinlash va to‘lash muddatlari va shartlari to‘g‘risida tushuntirish va maʻlumotlar berib borilmoqda. Shu bilan birgalikda, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqa oluvchilarga qulaylik yaratish hamda keksa yoshdagi fuqarolar uchun Pensiya jamg‘armasiga kelmasdan murojaat qilish, maʻlum vaqtlarini tejash maqsadida “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqami mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda (dam olish kunlari va tushlik tanaffuslarini xisobga olgan holda) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va hozirgi kunda takomillashtirilib borilmoqda.