Pensiya va nafaqa toʻlovini toʻxtatib turish boʻyicha davlat xizmati ishga tushirildi

    Raqamlashtirish 11 Dekabr 2023 1076

    my.gov.uz portalida “Pensiya va nafaqa berishni toʻxtatib turishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.

    Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali pensiya va nafaqa toʻlovini ortiqcha ovvoragarchiliksiz toʻxtatib turishi mumkin.

    Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak boʻlishi mumkin:

    Sizga vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak boʻlmasa va ularni olishni maʼlum muddatga toʻxtatib turish zarurati yuzaga kelganida.

    Mamlakat tashqarisida boʻlganingiz uchun maʼlum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa toʻlovlarini ololmasangiz.

    Hayotingizda toʻlovlarni vaqtinchalik toʻxtatib turishni talab qiladigan oʻzgarishlar yuz bersa.

    Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

    Koʻrsatilgan davlat xizmati uchun toʻlov undirilmaydi.

    Xizmat ariza topshirilgandan soʻng avtomatik tarzda koʻrsatiladi.