Qayd etilganidek, amaldagi qonunchilikka muvofiq pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.

Bugungi kunda pensionerning oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyatiga oid boʻlgan davrlari uchun sugʻurta badallari (ijtimoiy soliq) toʻlangan boʻlsada, bu davrlardagi, shuningdek, oʻrtacha oylik ish haqi miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlganda qolgan summaning miqdori pensiya hisoblashda inobatga olinmaydi.

Deputatlarning aytishicha, qabul qilinishi taklif etilayotgan ushbu tartib ish haqining miqdori, ish staji va pensiya miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash orqali pensiya tizimida ijtimoiy adolatni qaror topishiga yordam beradi.

Shuningdek, ushbu tartib nafaqat 2023-yil 1-yanvardan keyin pensiyaga chiqadigan fuqarolar, balki 2023-yil 1-yanvardan oldin tayinlangan pensionerlar uchun ham taʼluqlidir.

Majlisda deputatlar qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Qizgʻin kechgan baxs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi qabul qilindi.