“PhD sari qadam”

    O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.

    Tadbir ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh ayol-qizlarning malakasini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

    Ma’lumki bugungi kunda ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli modernizasiyalashi natijasida ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan yosh ayol-qizlarimiz yanada ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Ilm-fanni rivojlanishi, yangi ilmiy-innovasion dunyoqarash asosida fanga yangiliklarni olib kirilishi ham bevosita yaratilgan bugungi kun imkoniyatlarining natijasidir.

    Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ni munosib tashkil etish maqsadida “PhD sari qadam” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

    Iqtidorli va ilmiy tadqiqot ishlari bilan yuqori natijalarga erishayotgan ayol-qizlar faoliyatini rivojlantirish hamda ularning faoliyat jarayonida egallagan bilim, ko‘nikma, malakalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda 100 nafarga yaqin ilmiy tadqiqotchilar, magistrant, doktorantlar ishtirok etdi.

    Tadbirda O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovassiya markazi bo‘limi boshlig‘i Zikrilla Alimov tomonidan ilmiy tadqiqot ishining o‘ziga xos tomonlari hamda bunda xorij tajribasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

    Mazkur yo‘nalishdagi amaliy ishlar tizimli ravishda doimiy tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.