Loyiha Örmon agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida amalga oşirilgan.
2024–2028-yillarga möljallangan loyihaning umumiy qiymati 7,7 million AQŞ dollarini taşkil etadi.
Majmuada 14 ta «aqlli» issiqxona mavjud bölib, ular harorat va boşqa içki muhit körsatkiçlarini avtomatik nazorat qiliş uskunalari bilan jihozlangan. Bu texnologiyalar suvni tejaş, qöl mehnatini kamaytiriş va sifatli köçatlar yetiştiriş imkonini beradi.
Köçatlarni maxsus konteynerlarda parvarişlaş esa ularni toğli hududlarga yetkaziş va ekişni osonlaştiradi.
Loyiha mahalliy iqlimga mos daraxt va buta köçatlarini köpaytiriş, yangi yaşil hududlar barpo etiş hamda çöllanişning oldini olişga xizmat qiladi.
Maʼlumot uçun, joriy yilning 9 oyida örmon xöjaliklarida 1 035 gektar maydonda 101,6 million tup nihol va köçat parvariş qilinmoqda.