Aslida pnevmoniyada banka va xantal (gorchichnik)ni qo'llash tavsiya etiladi. Biroq bugungi kunda koronavirus infektsiyasi keltirib chiqarayotgan pnevmoniya, ya'ni, zotiljam kasalligida bunga hojat yo'q.

Banka va xantal bakteriyali va zamburug'lar chaqirgan pnevmoniyalarda, o'pka hamda bronxlarda katta miqdorda balg'amlar paydo bo'lganda, uni parchalash hamda tashqariga chiqarishda yordam berish uchun fizioteraptik muolaja sifatida tavsiya etilgan. Qolaversa, u faqatgina kasallikni tuzalish jarayonida qo'llaniladi.

Biroq bugungi koronavirus kasalligida yo'tallar asosan quruq va balg'amsiz yo'tal kuzatilyapti. Koronavirus infektsiyasida hech qanday banka va xantallar va hattoki ingalyatsiyalar ham tavsiya etilmaydi. Imkon qadar bunday terapiyalardan saqlangan ma'qul. Bunday muolajalar quruq yo'talni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.