Moskva — Samarqand — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu niyatni Rossiya aviatashuvchisi vakillari Uzbekistan Airports kompaniyasi bilan muzokaralarda bildirishgan. Muloqot chog‘ida Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga muntazam yo‘lovchi qatnovlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Pobeda — "Aeroflot-Rossiya havo yo'llari" guruhining sho'ba korxonasi, Rossiyaning arzon aviakompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylashgan.