Pokiston 24-36 soat ichida Hindiston hujum qilishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi

    22-aprel kuni Paxalgam shahrida yuz bergan terakt ortidan mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgani sababli Hindiston yaqin 24-36 soat ichida Pokistonga zarba berishni rejalashtirmoqda.

    Bu haqda Pokiston axborot va teleradioeshittirish vaziri Attaulla Tarar ma'lum qildi.

    “Pokiston ishonchli razvedka ma'lumotlariga ega bo'lib, Hindiston Paxalgam hodisasini yolg'on bahona qilib, yaqin 24-36 soat ichida harbiy zarba berish niyatida. Har qanday tajovuzkor harakatga qat'iy javob beriladi”, deb yozgan vazir o'zining X sahifasida.

    Tarar, shuningdek, Nyu-Dehli mintaqa uchun “har qanday mumkin bo'lgan oqibatlar uchun javobgar bo'lishini” aytdi.

    22-aprel kuni Jammu va Kashmirda joylashgan mashhur turistik shahar Paxalgamda terakt sodir bo'lib, 25 nafar Hindiston fuqarosi va bir nafar Nepal fuqarosi halok bo'ldi. OAV xabarlariga ko'ra, Hindiston hukumati go'yoki Pokiston Xizmatlararo razvedkaning “Lashkar-e-Tayba” guruhi (Rossiyada taqiqlangan) uyushtirgan hujumga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni topgan. Oqibatda Hindiston Islomoboddagi elchixonasi xodimlari sonini ikki barobarga qisqartirdi, suv resurslarini taqsimlash bo'yicha ikki tomonlama kelishuvni to'xtatdi, Pokiston fuqarolari uchun vizalarni chekladi va Pokiston diplomatik missiyasining harbiy maslahatchilarini persona non grata deb e'lon qildi, deb xabar beradi tass.ru.