Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Riyoddagi uchrashuvda Strategik o'zaro mudofaa shartnomasini (SMDA) imzoladi.
Kelishuv Isroilning Qatarga uyushtirgan zarbalari ortidan mintaqada keskinlikning kuchayishiga biri yadroviy qurolga ega, ikkinchisi katta moliyaviy va energiya manbalariga ega bo'lgan ikki musulmon davlatining bevosita javobi bo'ldi. Saudiya-Pokiston kelishuvida “ikki davlatdan birortasiga nisbatan qilingan har qanday tajovuz har ikki davlatga qarshi tajovuz sifatida baholanishi” belgilangan.
Biroq ushbu qoidani amalga oshirishning o'ziga xos mexanizmi hamda Ar-Riyod va Islomobodning “tajovuz”ga nisbatan ehtimoliy javob harakatlari oshkor etilmagan. Pokiston matbuotiga ko'ra, bin Muhammad bin Salmon va Shahboz Sharif imzolagan kelishuv “umumiy strategik manfaatlarni hisobga olgan holda” Pokiston yadroviy arsenalidan zarurat tug'ilganda Saudiya Arabistoni mudofaasida foydalanishga qonuniy ruxsat beradi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni yadroviy qurolga ega, ammo ularni tan olishni istamaydigan Bosh vazir Binyamin Netanyaxu davrida tobora tajovuzkor bo'lgan Isroil bilan harbiy tenglikka erishishga harakat qilmoqda.
“Ushbu kelishuv ikki davlat o'rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikning aspektlarini rivojlantirish va har qanday tajovuzga qarshi birgalikda to'xtatib turishni kuchaytirishga qaratilgan”, deya xabar beradi Saudiya axborot agentliklari.
Pokiston 150-160 ta yadro kallaklari hamda qisqa va o'rta masofali raketalardan iborat arsenalga ega, deb ishoniladi. Sunniy saudiyaliklarning mintaqadagi asosiy raqibi shia eroni sanaladi, AQSh unga qarshi yaqin vaqtgacha Ar-Riyodni harbiy himoya qilib kelgan. Shu bilan birga, Qatarga zarbalar berilgan paytda Vashingtonning og'zaki tarzda qo'llab-quvvatlamagan bo'lsa-da, lekin amalda Tel-Aviv tomonida bo'lgan Prezident Donald Tramp davridagi oldindan aytib bo'lmaydigan holatlar Saudiya Arabistonini o'z xavfsizligining boshqa kafillarini izlashga majbur qilmoqda. Mintaqada endi harbiy jilovlanmagan Isroilning tajovuzkorligi kuchayib borayotgani hisobga olinsa, Saudiya Arabistonining boy monarxiyasi uchun bu haqiqatan ham ko'rib chiqilishi zarur bo'lgan muhim masaladir.
Birinchi navbatda o'zining isyonkor Balujiston viloyatidagi ayirmachilarga qarshi kurash va, eng muhimi, Hindiston bilan mintaqaviy qarama-qarshilik bilan mashg'ul bo'lgan bir paytda Islomobodning “xavfsizlik kafili” roliga qanchalik mos keladi, degan savol ochiqligicha qolmoqda.
Qolaversa, Tel-Aviv “Saudiya-Pokiston pakti”ning asosiy sababi sifatida ko'rilganiga qaramay, Yaqin Sharq mintaqasining (Yangi Dehli buni G'arbiy Osiyo deb hisoblaydi) xavfsizlik arxitekturasidagi o'zgarishlar Yaqin Sharqdagidan ko'ra ko'proq aynan Hindistonda shov-shuvga sabab bo'lgan.
Sababi ayon: Hindiston va Pokiston o'rtasida bahsli bo'lgan Himoloy tog'laridagi de-fakto demarkatsiya chizig'i bo'ylab harbiy keskinliklar doimiy, Kashmirda esa to'qnashuvlar muntazam bo'lib turadi. O'tgan may oyida Hindistonning “Sindur” aksilterror operatsiyasi ortidan keskinlashuv har ikki davlatning xalqaro miqyosda tan olingan hududiga zarbalar berish bilan keng ko'lamli mojaroga aylandi, deb xabar berdi rg.ru.








