Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvlar yakunida Pokiston va Afgʻonistonning 7 ta kompaniyasi bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum va kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari “Termiz Cargo Centre” xalqaro logistika markazi hamda “Ayritom” chegara-bojxona postida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tinishishdi.

Uch tomonlama saʼy-harakatlar natijasida Pokistondan Afgʻoniston orqali Oʻzbekistonga avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samarasi oʻlaroq, bugun ushbu transport koridorining toʻlaqonli faoliyat yuritishi, yuklarning qisqa fursatlarda, xavfsiz ravishda belgilangan manziliga yetkazilishi taʼminlanmoqda.

Xususan, milliy tashuvchilarimiz ham ushbu koridordan foydalanishni boshlashdi. Bugungi tadbirlar doirasida Pokistondan yuk olib kelayotgan milliy yuk tashuvchilarimizning transport vositasi tantanali ravishda kutib olindi.