Panjob provinsiyasi gubernatori Muhammad Sarvar Chaudxari boshchiligidagi delegatsiya tashrifi chogʻida shu haqida maʼlum qilindi.

Yangi klaster sobiq “Buxoroteks” aksiyadorlik jamiyatining 2-yigiruv tikuv fabrikasi majmuasi negizida tashkil etiladi. Mazkur obyektning umumiy maydoni 21,5 gektarni tashkil etadi va qulay kommunikatsiya tarmoqlariga ega.

Delegatsiya aʼzolari mazkur obyektda boʻlib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha taqdimoti bilan tanishdi.

Mehmonlarga hududning paxta-toʻqimachilik sanoatidagi salohiyati haqida maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, Buxoroda yiliga oʻrtacha 350 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtiriladi. Uni chuqur qayta ishlash borasida boy tajriba toʻplangan. Qoʻshma loyiha tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.