Polshada “Yangi O‘zbekiston: tub islohotlar davrida rivojlanish dinamikasi” nomli jurnal chop etildi

    Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab tayyorlangan “Yangi O‘zbekiston: tub islohotlar davrida rivojlanish dinamikasi” nomli jurnal chop etildi.

    Ushbu jurnal Varshavadagi "REA" noshirlik uyi va "Drukarnia Skleniarz" matbaa kompaniyasi tomonidan polyak tilida nashr qilindi.

    Jurnalda mamlakatimizning so‘nggi olti yil davomida amalga oshirgan keng qamrovli islohotlari natijasida Yangi O‘zbekistonda siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarning yaratilishi tafsilotlari atroflicha qalamga olingani barobarida ijtimoiy davlat va mamlakatimiz barqaror taraqqiyotining qudratli omili sifatidagi Taraqqiyot strategiyasi to‘liq bayon etilgan.

    Unda konstitusiyaviy islohotlar, siyosiy va ma’muriy tizimni takomillashtirish, parlament nazorati, zamonaviy mahalla instituti mavzulari keng yoritilgani bilan ham e’tiborga sazovordir.

    Mazkur jurnal 1 ming nusxada chop etildi.