Polshalik ayol muzda uch soatdan ortiq vaqt o'tkazib, rekord o'rnatdi

    Polshalik ayol muz kublari bilan to'ldirilgan qutida uch soatdan ko'proq vaqt o'tkazdi va sovuqqa chidamlilik bo'yicha ayollar o'rtasida rekord o'rnatdi.

    48 yoshli sportchi Katajina Yakubovskining natijasi 3 soat, 6 daqiqa, 45 soniyani tashkil qildi.

    Erkaklar o'rtasidagi rekord uning hamyurti Kshishtof Gayevskiyga tegishli – u muz ustida 3 soat, 11 daqiqa, 27 soniya vaqt o'tkazgan, deb xabar beradi mir24.tv.

    Polsha fuqarosi rekord o'rnatishdan oldin sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi uchun tibbiy ko'rik va testlardan o'tdi. Sinovdan oldin u uchta mashg'ulot o'tkazdi, bu orqali u tana haroratining o'zgarishini kuzatdi. Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko'ra, Katarjina kislorod terapiyasi, massaj va o'z-o'zini gipnoz qilish yordamida ham o'zini mazkur rekordga tayyorladi.