Jahon chempionatida erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz munosib ishtirok etdi. Taʼkidlash kerak, polvonlarimizni ushbu musobaqaga taniqli murabbiy Aʼzamjon Shokirjonov tayyorladi.
Quvonarlisi, dunyoning 35ta davlatidan yigʼilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 3ta oltin hamda 5tadan kumush va bronza medallarini qoʼlga kiritishgan holda umumjamoa hisobida faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Belbogʼli kurashning erkin yoʼnalishida oʼtgan bellashuvlarda polvonlarimizdan 57 kggacha boʼlgan vazn toifasida namanganlik Oybekjon Hamidov, -68 kg.da andijonlik Oybek Sultonov hamda qizlarda -52 kg. vaznda Farangiz Abdunabiyeva (Sirdaryo) oltin medalga sazovor boʼlishdi.
Shuningdek, jahon chempionatida -82 kgda Husniddin Roʼziyev (Andijon), -100 kgda Aʼzamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kgda Sherzod Rahimov (Fargʼona), -58 kgda Manzuraoy Moʼydinova (Fargʼona) kumush medallarga ega chiqishgan boʼlishsa, -62 kgda Murodjon Rahimov (Xorazm), -52 kgda Madina Akramova (Andijon), -66 kgda Zemfira Azatova (Qoraqalpogʼiston Respublikasi) hamda +76 kgda Anife Kurtseitova (Andijon)lar 3-oʼrinni band etib, bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Belbogʼli kurashning klassik yoʼnalishida polvonlarimizdan -62 kg vazn toifasida andijonlik Husanboy Nosirov (Andijon) 3-oʼrinni egallagan boʼlsa, +100 kgda nomdor polvonimiz Zaylobiddin Ortiqov kumush medal egasiga aylandi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan belbogʼli kurash boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun erta tongda Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionati gʼolib va sovrindorlarini sportchilarning oila aʼzolari, ustoz-murabbiylari, Oʼzbekiston belbogʼli kurash federatsiyasi vakillaridan iborat keng sport jamoatchiligi munosib kutib olishdi.
Polvonlarimiz jahon chempionatida 13ta medalga sazovor boʻlishdi
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʼli kurash boʼyicha kattalar oʼrtasida jahon chempionati boʼlib oʼtdi.
Jenevada Movarounnahrning maʼnaviy va ilmiy merosi taqdim etildi
- Eron elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, unga nota topshirildi
- Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
- Toşkentda BRT yölagi yana bir kilometrga uzaytirildi
- Parkentda 19 milliard sömlik maʼrifat majmuasi iş boşladi
- UrDU talaba qizlari voleybol böyiça Özbekiston kubogini qölga kiritdi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi