Polvonlarimiz jahon chempionatida 17 medalni qo'lga kiritdi

    Joriy yilning 28-30 oktyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida 19-jahon chempionati bo'lib o'tdi.

    Kattalar o'rtasida o'tkazilgan ushbu jahon chempionatida 38 davlatdan 250 ga yaqin polvonlar g'oliblik uchun kurashdi. Quvonarlisi, O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi 18 nafar terma jamoamiz a'zolari (bosh murabbiy A'zamjon Shokirjonov) ham mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etib, belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishida to'rtta oltin, uchta kumush va o'nta bronza medalini qo'lga kiritdi va umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'rinni egalladi.

    G'olib sportchilarimiz bugun tongda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Bu marosimda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning ota-onalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

    Quyida jahon chempionatida ishtirok etib, g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar bilan tanishamiz:

    Klassik yo'nalish:

    Oltin medal:

    - 68 kg. Oybek Sultonboev (Andijon)

    - 90 kg. Shohjaxon Ortiqov (Sirdaryo)

    Kumush medal:

    - 75 kg. Nusratullo Sultonboev (Andijon)

    Bronza medal:

    - 100 kg. Nozimjon Ibrohimjonov (Farg'ona)

    - 62 kg. Jahongir Hayitov (Namangan)

    Erkin yo'nalish:

    Oltin medal:

    - 100 kg. Nodirbek Ahadjonov (Toshkent sh.)

    - 66 kg. Maftunabonu Mahmudova (Andijon)

    Kumush medal:

    - 57 kg. Husanboy Nosirov (Andijon)

    - 90 kg. Jasurbek Isroilov (Andijon)

    Bronza medal sohiblari:

    - 82 kg. Husniddin Ro'ziev (Andijon)

    + 100 kg. A'zamjon Anvarjonov (Andijon)

    - 62 kg. Dostonbek Obidjonov (Namangan)

    - 68 kg. Murodjon Xamidov (Namangan)

    - 75 kg. Og'abek Amatboev (Xorazm)

    - 52 kg. Muxlisaxon Sotvoldieva (Farg'ona)

    - 57 kg. Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona)

    - 76 kg. Ziyodaxon ergasheva (Farg'ona)

    Ilhom RAHMONOV tayyorladi