Tumanning G'urumsaroy qishlog'idagi mazkur hudud 2,2 gektar maydonda (karantin hududi va shifoxonaning umumiy maydoni 16 gektarni tashkil etadi) barpo etildi. elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.
Bu erdagi maxsus konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat bo'lib, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga mo'ljallangan, konditsioner, televizor va dush bilan ta'minlangan.
Navbatdagi asosiy e'tibor karantin hududi bilan yonma-yon joylashgan 150 o'rinli shifoxona qurilishiga qaratilgan.