Maʼlum boʻlishicha, avvalroq Toshkent tumanida yashovchi fuqaro M.M. (tadbirkor), oʻziga tegishli 35 sotix issiqxonada, 61 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlanib, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining JK 169-moddasi, 3-qismi bilan ayb eʼlon qilingan.
Oradan vaqt oʻtganligi sabab, ushbu shaxs vaziyatdan jazosiz chiqib ketishni maqsad qilib ishni koʻrayotgan tuman IIB tergovchisida pora taklif qila boshlaydi.
IIB xodimi bildirgisiga asosan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.M. tergovchiga taklif qilgan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasidaberayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi, deya xabar beradi IIBB Axborot xizmati.
"Hozirda mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.