Portugaliyalik qoʻriqchi it tarixdagi eng keksa it sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

    Bobi ismli it dunyodagi eng keksa it sifatida tan olindi. Bundan tashqari, u itlar orasida maksimal yosh boʻyicha jahon rekordini yangiladi. U hozirda 30 yoshda.

    Shu bois u Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

    Bobi 1992-yil 11-mayda tugʻilgan. 2023-yil 3-fevralda u 30 yoshu 268 kunlik boʻldi. U butun umri davomida Kosta oilasi bilan Leyriya shahridagi Konkeyros qishlogʻida yashaydi.

    Itning egasi Bobining uzoq umr koʻrishining sabablaridan biri uning shahardan uzoqda – tinch va osoyishta muhitda yashashi bilan bogʻliq, deb hisoblaydi. It hech qachon zanjirga bogʻlanmaydi va u bilan bogʻichsiz yuradi.

    Jonivor uydan uzoqqa bormaydi, asosan Bobi toʻrtta mushuk doʻsti bilan hovlida vaqt oʻtkazadi. Lionel baʼzida uning koʻrish qobiliyati pand berayotganini sezib qoladi. Chunki unda yoʻlidagi narsalarni payqamay, ularga turtib oʻtib ketish holatlari kuzatilyapti. Yana bir jihati shundaki, u egalari bilan bir xil ovqat isteʼmol qiladi.

    Rekordchi chorva mollarini qoʻriqlashda foydalaniladigan Rafeyru du Alenteju (Portugal qoʻriqchisi) zotining sof naslli vakili hisoblanadi. Uning qarindoshlari oʻrtacha 12-14 yil yashaydi. Shunga qaramay, Bobining onasi – Gira 18 yilgacha yashadi.

    Portugaliyalik it 84 yil avval 29 yoshu 5 oy yashagan avvalgi eng keksa it – Blyui tomonidan oʻrnatilgan rekordni yangiladi, deb xabar beradi mir24.tv.