Yarmarkalarda maktab formasi, poyabzal, ryukzak, kanselyariya vositalari va oʻquv adabiyotlarining keng turdagi assortimenti taklif etilmoqda. Barcha mahsulotlar Xalq taʼlimi vazirligi standartlariga javob beradi va xalq uchun qulay narxlarda sotilmoqda.
Maktab yarmarkalari joylashgan manzillar:
- Aviasozlar dehqon bozori — Bozor hududidagi boʻsh maydonlarda.
- Askiya dehqon bozori — Bozorga Shota Rustaveli koʻchasi tomonidan kirish qismi oʻng tomonida.
- Chilonzor dehqon bozori — Bozorning asosiy (“Chilonzor” shoxobchasi)
- Avtoturargoh maydonda — “Qozirobod” shoxobchasi atrofida 10 ta joy.
- Mirobod dehqon bozori — Bozorga “Avliyoota” koʻchasidan kirish qismida.
- Navroʻz dehqon bozori — “Navroʻz” bozori oldi qismida, “Boʻz” shoxobchasi, “Yalangʻoch” shoxobchasi, “Qorasuv” shoxobchasi, “Avayxon” shoxobchasida.
- Sergeli dehqon bozori — Bozorning asosiy hududida
- Farhod dehqon bozori — Arzonlashtirilgan yarmarkaning orqa tarafi.
- Eski joʻva dehqon bozori — “Katta zina” va metro bekati oraligʻida hamda TIM majmuasi atrofida
- Yunusobod dehqon bozori — Asosiy darvozadan kirishda tashkil qilingan Arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi atrofida
- Qoraqamish dehqon bozori — Tansiqboyev shoxobchasida
- Qoʻyliq dehqon bozori — Bozor hududidagi boʻsh maydonlarda
- Chilonzor buyum savdo kompleksi — Asosiy darvoza oldi va yon taraflarida hamda koʻp qavatli avtoturargohning orqa tomonida
- Chorsu buyum savdo kompleksi — Bozorning asosiy hududida
- Oʻrikzor savdo kompleksi — Bozorning belgilangan hududlarida
Maktab yarmarkalarining asosiy maqsadi — ota-onalar uchun qulaylik yaratish va farzandlarni yangi oʻquv yiliga tayyorlashda xarajatlarni kamaytirishdir.








