Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Yarmarkalar manzillari:

  • Yashnobod tumani — «Aviasozlar» dehqon bozori;
  • Yakkasaroy tumani — «Askiya» dehqon bozori;
  • Chilonzor tumani — Chilonzor dehqon bozori;
  • Mirobod tumani — Mirobod dehqon bozori;
  • Mirzo Ulugʻbek tumani — «Navroʻz» dehqon bozori;
  • Yunusobod tumani — «Oloy» dehqon bozori, Yunusobod dehqon bozori;
  • Sergeli tumani — Sergeli dehqon bozori;
  • Uchtepa tumani — «Farhod» dehqon bozori;
  • Shayxontohur tumani — «Eski Juva» dehqon bozori;
  • Bektemir tumani — «Qoʻyliq» dehqon bozori;
  • Olmazor tumani — «Qoraqamish» dehqon bozori.

Qayd etish joizki, Prezident Ramazon oyi munosabati bilan dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash boʻyicha topshiriq bergan edi.