Toshkentda aholi, byudjet va boshqa ulgurji tashkilotlar uchun markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari tariflari oshiriladi.

Bu haqda poytaxt hokimining 27-oktyabrdagi qarorida qayd etilgan.

Hujjatga koʻra, quyidagi tariflar tasdiqlandi:

  • bazaviy tarif — 711 641 soʻm/Gkal (QQSsiz);
  • aholi uchun — 139 860 soʻm/Gkal (QQSsiz);
  • byudjet tashkilotlari uchun — 925 797 soʻm/Gkal (QQSsiz);
  • boshqa ulgurji tashkilotlar uchun — 342 296 soʻm/Gkal (QQSsiz).