Yigʻilishda Toshkent tumani viloyat aholisiga uy-joy qurish uchun asosiy baza boʻlishi kerakligi qayd etildi.
Shuningdek, Toshkent tumani orqali Qozogʻistondan kuniga 44 ming odam, jumladan 2-2,5 ming xorijiy turistlar oʻtib qaytadi.
Mutasaddilarga “Shifobaxsh suvlar” hududidan yana 5 ta sanatoriy qurish uchun joy topib, auksionga chiqarish, Shifobaxsh suvlar koʻchasini kengaytirib, atrofida yirik savdo, sport va koʻngilochar markazlar, koʻp qavatli uylar qurish boʻyicha master reja ishlab chiqish topshirildi.
Poytaxtdagi korxonalarga viloyatdagi qurilishi toʻxtagan obyektlarga koʻchib oʻtishni taklif qilish muhimligi taʼkidlandi.
Ancha vaqtdan beri sotilmagan 70 ta obyekt poytaxtdagi tadbirkorlarga boʻlib-boʻlib toʻlashga beriladi. Sharti – ishchilarning 50 foizi kambagʻal oiladan boʻlishi kerak.