8 noyabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Baland” jome masjidini Madaniy meros agentligi mutasaddilari, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek, masjidining mas'ul vakillari ishtirokida  ob'ektni restavratsiya hamda ta'mirlash-tiklash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi. Baland masjidi 1857-yilda qurilgan bo'lib, hozirda ob'ekt davlat mulki hisoblanadi.

Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 2023-yilning 6-8-aprelida bo'lib o'tgan yig'ilishida ushbu qurilish ishlarini amalga oshirish loyihasi ko'rib chiqilib, belgilangan tartibda ma'qullangan edi. 

Ta'kidlash joizki, ushbu loyihaga Ilmiy-ekspert kengashi a'zolari tomonidan binoning tarixiy qismiga shikast etkazmagan holda, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida atrofini rekonstruktsiya qilish bo'yicha ishlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi tomonidan bir necha bor masjidda ilmiy-texnik nazorat ishlari amalga oshirilgan hamda madaniy ob'ektning tarixiy qismiga zarar yetkazmasdan qurilish ishlarini amalga oshirish nazoratga olingan.