Poytaxtimizda ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi

    Bugun poytaxtimizda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men gʻolib” shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi tashkil etildi

    Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston triatlon hamda yengil atletika federatsiyalari tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu yugurish musobaqasining umumiy uzunligi 10 km masofani tashkil etib, unda qariyb 300 nafar Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi tuzilmalar xodimlari hamda shahrimiz aholisi vakillaridan iborat havaskorlar jamoalari ishtirok etishdi.

    Ushbu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni Mudofaa vazirligi jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Milliy gvardiya jamoasi egalladi. Faxrli 3-oʻrin Davlat xavfsizlik xizmati jamoasiga nasib etdi.