Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda maʼlum boʻldi. Ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yana bir shu kabi manzara Chilonzor tumanida ham roʻy berdi. Tumanning 20-mavze, 3-uy oldida fuqarolar M.A. va Sh.T.ning yonida sotish maqsadida saqlab kelingan 57 dona “Regapen”, 35 dona “Tropikamid” va 10 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.