Davlatimiz rahbari Andijon shahridagi sanʼat maktabiga Sherali Joʻrayev nomini berish taklifini ilgari surdi.

Bu maktab Musiqa va sanʼat kollejiga aylantirilib, grant asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Yangi oʻquv va turar joy binosi, zarur infratuzilma obyektlari barpo etiladi, shuningdek, Sherali Joʻrayev byusti oʻrnatiladi.

Yigʻilishda viloyat hokimi, kompleks va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.