Yangicha tayinlovlar

  • Xudoyberdiyev Azamjon Xamrakulovich – Namangan viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi. U bugunga qadar Sirdaryo viloyat sudiga rahbarlik qilgan.
  • Mirzaxakimov Sherzod Turdaliyevich – Fargʻona viloyat maʼmuriy sudining raisi etib tayinlandi.
  • Yusupov Akram Abdivaxidovich – Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisining oʻrinbosari lavozimini egalladi.
  • Mirzayev Turgʻunali Tursunovich – Xorazm viloyat sudi raisining oʻrinbosari, jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi etib tayinlandi.
  • Yusupov Nizom Xasanovich – Andijon viloyat sudi raisining oʻrinbosari, iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi.

Ozod etilishlar

  • Mirzayev Shoyatbek Kozimjonovich – yozma arizasiga muvofiq Andijon viloyat sudi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Odil sudlov akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

Prezidentning PF-226-son Farmoniga binoan:

  • Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich – Odil sudlov akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi qarorlari

Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan quyidagi shaxslar sudyalik lavozimlaridan ozod etildi:

  • Mirzaxakimov Sherzod Turdaliyevich – Fargʻona viloyat maʼmuriy sudi sudyasi lavozimidan.
  • Yusupov Akram Abdivaxidovich – Toshkent shahar maʼmuriy sudi sudyasi lavozimidan.
  • Yusupov Nizom Xasanovich – Toshkent viloyat iqtisodiy sudi sudyasi lavozimidan.
  • Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich – Boʻka tuman sudi raisi lavozimidan.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, tayinlovlar sud tizimida kadrlar salohiyatini oshirish va uni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan.