Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takominlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish asosiy ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan.

Shundan kelib chiqib, Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi bilan hamkorlikida “Kitob — beminnat ustoz” mavzusidagi maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari, xalq shoiri Mahmud Toir ishtirok etdi.

Adabiy tadbirda shoirlar oʻz ijodidan sheʼrlar oʻqidi. Yoshlar uchun yaratilayotgan yangidan-yangi imtiyoz va imkoniyatlar ularning yuksak axloq va kuchli bilim sohibi boʻlib yetishishida muhim omil boʻlayotgani urgʻulandi. Yoshlikning rangor fasli, shijoat va intilishlar pallasining qadru bahosi haqida gurung qizidi.

Ertamizning munosib davomchilari uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 1000 dona badiiy kitob sovgʻa qildi, deb yozmoqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati.