Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʼquvchisi Аkbarbek Musayev birdaniga TOP 150 oliygoh sirasiga kiruvchi ikki universitet – Buyuk Britaniyaning Lids universiteti hamda Liverpul universitetlariga oʼqishga qabul qilindi.

Аkbarbekga mazkur universitetlardan taqdim etilayotgan umumiy grant miqdori 12 ming АQSH dollarini tashkil etmoqda.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʼquvchisi Javohir Toʼrayev ham nufuzli oliygox talabasiga aylandi. Maʼlum boʼlishicha, Javohir Toʼraev dunyoning TOP 100 oliygohi sirasiga kiruvchi Birmingem universitetiga oʼqishga qabul qilingan.